Daraxtlar Nyu-York byudjyetini yiliga 11 mln dollarga tejashi ma`lum bo'ldi
14:52 / 11.04.2018
8852
Фото: abcnews

Nyu-Yorkning barcha daraxtlari xaritaga kiritildi va ularning iqtisodiy foydasi hisoblab chiqildi. Parklarni hisobga olmaganda shaharda 675 781 daraxt bo'lib, ular Nyu-York byudjyetini yiliga 11 mln dollarga tejamoqda. Archspeech nashri shu haqida xabar berdi

Har bir daraxtning o'z raqami va internetda sahifasi bor.

NewYorkCityStreetTreeMap saytida barcha daraxtlar uchun personal kartochka tayyorlangan. Daraxt turi, surati, tana diametri va aniq koordinatalari ko'rsatilgan.

Kartochkalar nazorat belgisi hamdir. Daraxt bilan bog'liq muammo haqida xabar qilish yoki aksincha uning kesilishiga doir ma`lumotlarni kiritish mumkin. Muayyan daraxtlarni kuzatish uchun aholi ularning personal ro'yxatini tuzmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishmoqda. 

Manbada ta`kidlanishicha, bir daraxt shahar byudjyetini o'rtacha 165 dollarga tejamoqda. 

Daraxt kartochkasida uning iqtisodiy foydasi to'rt ko'rsatkichga muvofiq hisoblanmoqda: daraxt qancha yomg'ir suvini filtrladi, qancha elektr energiyasini saqlab qoldi, havoni tozaladi va dioksid azot miqdorini pasaytirdi. Barcha formula va pul hisob-kitoblari AQSh O'rmon ho'jaligi boshqarmasining i-Tree kalkulyatoridan olinmoqda. Tizimga saytda alohida izoh beriladi.

675 mingdan ziyod daraxt hammasi bo'lib yiliga 285 tonna karbon dioksidini yutadi, 3.7 mlrd litr suvni filtrdan o'tkazadi va 676 mln kVt/s elektr energiyasini saqlab qoladi. 

Ma`lumotlar aholi tomonidan to'plangan. Dastur Parklar va dam olish maskanlari departamenti tomonidan shahar aholisini tabiat haqida qayg'urish va ekofaollar jamiyatini tuzishga jalb qilish maqsadida ishga tushirilgan.

Top