16:07 / 11.04.2018
4524

Google Nokia texnologiyasini xarid qilmoqchi

Foto: Reuters

Google korporatsiyasi Nokia keng qamrovli bort tizimini xarid qilishga doir muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida Bloomberg xabar berdi

Manbaga ko‘ra, muzokaralar muayyan vaqt davom etadi va tez orada kompaniyalar kelishuvga erishishadi. Alphabet va Nokia vakillari ushbu xabarga izoh berishdan bosh tortishgan.

Bunday xarid Google'ga bozorga samolyotlarda tezkor Wi-Fi muqobili bilan chiqish imkonini beradi, deya ta'kidlanadi manbada. Nokia LTE A2G boshqa tizimlardan farqli o‘laroq, sun'iy yo‘ldoshdan signal olmay, samolyotni yer bilan ulaydi.

 

Top