20:40 / 12.04.2018
8860

«Paxtakor» penaltidan kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi

Foto: Sport TV

O‘zbekiston superligasining 6-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Toshkentning «Paxtakor» klubi «Qizilqum»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Tiago Bezerra tomonidan kiritilgan gol hisobning ochilishiga sabab sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda navoiyliklar Nemanya Yovanovichning goli evaziga farqni yo‘qqa chiqardi. Ammo o‘yinning so‘nggi qismida Ismoil Masharipovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi deb topildi va penaltini Ismoil Gonsalvesh aniq amalga oshirib jamoasiga muhim g‘alabani tortiq etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» hisobidagi ochkolar soni 12taga yetdi va jamoa peshqadam «Bunyodkor» bilan farqni 4tagacha qisqartirdi. «Qizilqum» esa 3 ochko bilan 11-pog‘onani band etgan.

O‘zbekiston superligasi
6-tur

«Paxtakor» – «Qizilqum» 2:1 (1:0) 
Gollar: 
Tiago Bezerra (34), Ismoil Gonsalvesh (76, penalti) – Nemanya Yovanovich (62, penalti).
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak, Sherzod A'zamov, Marko Simich, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Stanislav Andreyev, 66), Dilshod Rahmatullayev, Jasur Yaxshiboyev (Bahrom Abdurahimov, 64), Jaloliddin Masharipov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh (Jasur Hakimov, 82).
«Qizilqum»: Erkin Jabborov, Fayzullo Qambarov, Georgi Kvesiyeshvili, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Erkin Boydullayev, Nodir Kamolov (Samandar Shodmonov, 53), Mirjalol Qosimov, Artur Gevorkyan, Doniyor Usmonov (Akmal Rustamov, 65), Nemanya Yovanovich
Ogohlantirishlar: Sherzod A'zamov (61), Dilshod Rahmatullayev (70), Erkin Jabborov (74).

Hakamlar: V.Agishev (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), S.Shoyusupov (Toshkent), J.Muxtorov (Toshkent).

Top