16:19 / 13.04.2018
53951

YeChL finalida yangi nomlar bo‘ladi. Qur'a natijalari

Bugun, 13 aprel kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finaliga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, quyidagi juftliklar final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.

 

«Bavariya» Germaniya - «Real» Ispaniya

«Liverpul» Angliya - «Roma» Italiya

1/2 finalning dastlabki uchrashuvi 24 va 25 aprel, javob uchrashuvlari – 1 va 2 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Final uchrashuvi 26 may kuni Ukraina poytaxti Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida o‘tkazilishi belgilangan.

E'tiborli jihati, Chempionlar ligasi finalida ko‘p vaqtdan buyon Angliya vakilini ko‘rishimiz mumkin: «Liverpul» oxirgi marta 2006-07 yilgi mavsumda finalda o‘ynab, «Milan»ga yutqazgandi. «Roma» esa o‘z tarixida ilk marta yarim finalga chiqqan. Oxirgi yillarda finalning doimiy ishtirokchisiga aylangan «Real»dan farqli ravishda «Bavariya» ham 2013 yildan buyon finalda o‘ynamayapti.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top