16:11 / 14.04.2018
12433

Bahodir Jalolov professional boksga yo‘l oldi

Foto: KUN.UZ

+91kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan Bahodir Jalolov faoliyatini professional boksda davom ettirish uchun AQShga jo‘nab ketdi.

Oldinroq, xabar berganimizdek, Jalolov Mayamidagi «Fight Promotion» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Ma'lumot uchun bu klubda boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi  Elnur Abduraimov ham shug‘ullanmoqda. Ularga mashhur murabbiy Pedro Diaz ustozlik qiladi.

Bahodir Jalolov aprel oyining oxiriga qadar professional boksdagi ilk jangini o‘tkazishni istamoqda. O‘z navbatida Elnur Abduraimov 20 aprel kuni profi ringdagi birinchi jangini o‘tkazadi.

Top