14:27 / 14.04.2018
16017

Yevrokengash rahbari YeI pozitsiyasini ma'lum qildi

Foto: REUTERS / Phil Noble

Yevrokengash rahbari Donald Tusk AQShning Suriyaga zarbalari bo‘yicha izoh berdi hamda YeI ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashi va ular bilan «adolat tomonida» birga bo‘lishini ma'lum qildi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

«AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyaning zarbalari shuni aniq tushunishga yordam bermoqdaki, Suriya rejimi Rossiya va Eron bilan birgalikda insonlarning bunday azob-uqubatini endi davom ettira olmaydi, har holda, bu yo‘qotishlarsiz yuz bermaydi. YeI ittifoqchilari bilan adolat tomonida birga turadi», - deya yozgan Tusk.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Suriyadagi so‘nggi hodisalar bo‘yicha bayonot bergandi.

Mavzu
Suriyaga raketa hujumi
AQSh prezidenti Donald Tramp 14 aprel kuni Suriyaga nisbatan raketa hujumi boshlanganini bildirdi. AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilishiga javoban Asad hukumatiga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazmoqda.
Barchasi
Top