12:03 / 14.04.2018
19122

Surxondaryoda qayinsinglisini pichoqlab o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 12 aprel kuni soat 13.30larda, Jarqo‘rg‘on tumani Kunchiqish mahallasida ro‘yxatda turib, vaqtincha Do‘stlik mahallasi Hamza ko‘chasida yashovchi, 1957 y.t. N.B. uyida o‘zaro janjal oqibatida qayinsinglisi, 1987 y.t. Sh.Q.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada Sh.Q. kasalxonaga olib borilgan vaqtida vafot etgan. N.B. qo‘lga olingan.

Top