08:30 / 15.04.2018
15511

«Barselona» Ispaniya rekordini o‘rnatdi

«Barselona» Ispaniya chempionati 32-turida «Valensiya»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Natijada, Kataloniya klubi chempionat doirasida qatorasiga 39ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, Ispaniya rekordini o‘rnatdi, deb yozadi Squawka. 

Qayd qilish joizki, «Barselona» joriy mavsumning 32ta o‘yini va o‘tgan mavsumning so‘nggi 7ta o‘yinida yutqazmagan. 

Oldingi rekord «Real Sosedad» tomonidan 1979-1980 yillarda o‘rnatilgan va 38 o‘yindan iborat edi.

Top