14:10 / 15.04.2018
46057

Nahot barchasi afsona bo‘lsa? Skripallar ishi "o‘xshamagan yolg‘on" ekani aytilmoqda

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov

Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT)ning Solsberidagi voqea yuzasidan hisoboti Sergey va Yuliya Skripallarning zaharlanishida "Novichok" nomli jangovor modda qo‘llanilmaganidan dalolat bermoqda. Bu haqida britaniyaliklar A234 moddasiga tenglashtiruvchi "Novichok" kimyoviy qurol tizimi ishlab chiqaruvchilaridan biri Leonid Rink RIA "Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"KQTTning yuqori tozalikdagi kimyoviy modda qo‘llanganiga doir ma'lumotlari bu "Novichok" moddasi emasligini isbotlamoqda. Agar britaniyaliklar Skripallar uyi eshigi ushlagichidan topgan gelsimon substansiyada "Novichok" toza moddasi bo‘lganida edi, Skripallar bu eshikdan 50 metr nariga ham o‘ta olishmagan bo‘lishardi. Ular o‘sha zahotiyoq halok bo‘lishardi. "Novichok" — bu murakkab nerv-paralitik modda, u ko‘p miqdordagi turli komponentlar va qo‘shimchalardan tashkil topgan. Agar qandaydir toza modda topilgan bo‘lsa, bu "Novichok" emas", - deydi mutaxassis. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Skripallarning zaharlanishida "Novichok" qo‘llanganda edi, KQTT mutaxassislari vaqt o‘tgach notoksik tarkibga ajralib ketuvchi turli komponentlarni topgan bo‘lishardi. Biroq unda ular toksik modda qo‘llanilishi natijasidagi suiqasd haqida gapira olmagan bo‘lishardi.  

Rinkning ishonch bilan ta'kidlashicha, KQTT bayonotining shu qismi "Novichok"ning boshqa bir ishlab chiqaruvchisi, AQShda yashovchi Vil Mirzayanovning so‘zlariga ham ziddir. Unga ko‘ra, Britaniyaning yuqori darajali namligi modda xavfini pasaytirishi mumkin edi. 

"Bu adolatli ta'rif, chunki "Novichok" — suv va shu kabi qator omillarga bog‘liq juda beqaror modda. Biroq u holda mutaxassislar gidroliz mahsulotlarini topishlari kerak edi, toza moddani emas", - ta'kidlaydi Rink.

Ekspertning fikricha, Skripallarni mutlaqo boshqa modda — fentanil bilan zaharlagan bo‘lishlari mumkin. Bu vosita Buyuk Britaniyada giyohvand moddalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. "Britaniyada har yili 2,5 ming kishi fentanil zaharlanishdan halok bo‘ladi, chunki u yerda shunday giyohvand moddalari urfda", - deydi Rink.

Shuningdek u Skripallarni zaharlashda dastlab giyohvand moddalarining dozasi oshirilishi haqida xabar berilganini yodga soldi.

Uning fikricha, Skripallar aynan ularning tanalari topilgan skameykada zaharlangan bo‘lishlari ham mumkin. Yo skameykaga, yoki Skripallarning o‘ziga o‘sha yerda fentanil spreyi sepilgan. "Fentanil insonni darhol qulatadi", - deydi Rink.

"Novichok" moddasi ishlab chiqaruvchisining aytishicha, Skripallar ishining tergovi haqidagi afsonaga bo‘lgan ishonchni jabrlanuvchilarni hanuz hech kim tirik ko‘rmagani ham susaytiradi.

"Britaniyaliklar Skripallar juda tez tuzalayotganini aytishmoqda, biroq ularni hech kimga ko‘rsatishmayapti, ulardan hech kim intervyu olmayapti, hech kim mutaxassislar baholashi uchun ularning qon tahlillarini taqdim etmayapti. Bu esa Skripallar bilan bog‘liq vaziyatning yolg‘on ekani, yolg‘on bo‘lganda ham o‘xshamagan yolg‘on ekanidan dalolat bermoqda", - deydi ekspert.

"O‘xshamagan tomoni shundaki, "Novichok" qo‘llanilganda jabrlanuvchilarning ko‘zlariga ziyon yetadi. Britaniya tomon esa birorta bayonotida bunday belgi haqida gapirmadi", - deydi Rink. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik vakillarga to‘liq hisobot taqdim etilishi shart. O‘shandagina uni o‘rganib, tahlil qilish mumkin. 

Mavzu
Skripal ishi

Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlandi. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi

Barchasi
Top