15:23 / 16.04.2018
9739

Namanganda yuz bergan o‘zaro janjal kasalxona va tergov bilan yakunlandi

Illyustrativ foto/ Sputnik

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 13 aprel kuni soat 18.10larda Yangiobod mahallasida yashovchi, 1996 y.t. D.X. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida shu mahallada yashovchi, 1991 y.t. A.S.ning boshiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada A.S. kasalxonaga yotqizilgan. D.X. ushlangan.

Top