18:36 / 16.04.2018
34601

Rossiya Telegram’ni bloklab, nimaga «erishdi»?

Foto: REUTERS/ALBERT GEA

Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyada messenjerni bloklash haqidagi qarorga izoh berdi va uning oqibatlarini sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer bloklanishi tufayli 15 million rossiyalikning hayot sifati yomonlashadi, mamlakatdagi terrorchilik tahdidi avvalgi darajada saqlanib qoladi, fuqarolar shaxsiy ma'lumotlarining bir qismi esa WhatsApp hamda Facebook’ga o‘tadi.

«Bugun ertalab Rossiya hukumati Telegram’ni bloklashga kirishdi, shuning uchun ayrim aloqa operatorlarida servis beqaror ishlashi mumkin. Bloklash natijalari:

1. 15 million rossiyalikning hayot sifati yomonlashadi, chunki Telegram’ga VPN’siz vaqti-vaqti bilan kirib bo‘lmaydi. 

2. Rossiyada terrorchilik tahdidi xuddi avvalgi darajada qoladi, chunki ekstremistlar shifrlangan aloqa kanallaridan foydalanishni davom ettirmoqda - boshqa messenjerlarda, yoki VPN orqali. 

3. Rossiya milliy xavfsizligi pasayadi, sababi rossiyaliklarning shaxsiy ma'lumotlari bir qismi RFga neytral maydonchadan AQShdan nazorat qilinuvchi WhatsApp/Facebook’ga o‘tib ketadi.

Biz bloklash haqidagi qarorni konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz hamda rossiyaliklarning shaxsiy yozishmaga bo‘lgan huquqini himoya qilishda davom etamiz», - deyiladi Durovning bayonotida.

«Ko‘p narsalar avtoritar hukumatlar (masalan, Rossiyada) Telegram’ni shifrlash bo‘yicha bloklashga urinayotganidan darak beradi, biroq xabarlar almashishga mo‘ljallangan boshqa shifrlangan ilovalar haqida gap ketganida, ancha xotirjamlar», - deya yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Durov Telegram Rossiyada bloklanishiga javob qaytargandi.

 

Top