8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

09:42 / 17.04.2018 24413

Artel televizorlari: kafolatlangan sifat

Foto: Artel

O‘z ustida ishlash, modernizatsiyalash, yangilik kiritish va modifikatsiyalash Artel korxonasining rivojlanish yo‘lidagi doimiy an'anasidir. Artel maishiy texnikasining qulayligini, funksionalligini va ishonchliligini oshirish Artel mutaxassislarining asosiy maqsadi hisoblanadi, ushbu xususiyatlarni oshirish yo‘lidagi tadqiqotlar hamda turli xil izlanishlar esa muntazam olib boriladi.

Artel maishiy texnikasini ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar, hamda bir necha bosqichli sifat tekshiruvi ishlatilgani bois, Artel korxonasining mutaxassislari o‘z mahsulotlarining sifatliligiga butunlay ishonchi komil, Artel mahsulotlari esa to‘liq, uch yillik bepul kafolatga ega.

Foto: Artel

Artel texnikasining sifati yuqoriligini tasdiqlaydigan yana bir omillardan biri bu Yevropa sertifikatsiya markazlari tomonidan taqdim etilgan sertifikatlar.

Hozirda Artel zavodlari ISO 9001:2008 sifat menejmenti hamda EAC, CE (Conformité Européenne — Yevropaga muvofiqlik) sifat sertifikatlariga ega va barcha Yevropa standartlariga butunlay mos keladi.

Artel televizorlari

Artel kompaniyasida televizorlarni ishlab chiqarish bo‘limiga alohida e'tibor qaratilgan. Hozirda Artel zavodlarida barcha talablarga javob beruvchi yuqori sifatli, hamda yuqori funksionallikka ega hamyonbop televizorlar keng ko‘lamda ishlab chiqarilmoqda.

Foto: Artel

Zamonaviy Artel televizorlari oddiy televizorlarga qaraganda sezilarli funksional ustunlikka ega. Masalan, Artel Smart televizorlari yordamida WEB – sahifalarni ko‘zdan kechirib, yangiliklar bilan tanishsa, turli xil o‘yinlar o‘ynasa yoki o‘zgacha dasturlardan foydalansa bo‘ladi.

Yangi Artel Smart televizorlari internetga ulanish imkoniyatiga egaligi tufayli, Siz kino va turli xil sevimli dasturlaringizni onlayn tizimda bemalol tomosha qilishingiz mumkin. Zamonaviy Artel televizorlari yordamida faqatgina rejalashtirilgan televideniye dasturlarini emas, balki barcha yoqtirgan ko‘rsatuvlaringizni xohlagan vaqtda tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. 

Nafis va bejirim

Artel ilmiy tadqiqotlar markazida televizorlarning funksionalligi va sifatidan tashqari, tashqi ko‘rinishiga ham katta e'tibor qaratilgan.  Aynan shu sababli, zamonaviy Slim televizorlari yanada takomillashtirilgan, nafis va bejirim.

Foto: Artel

A'lo ergonomikaga ega Artel Slim televizorlari hatto zamonaviy smartfonlardan ham nafis va Ultra HD formatidagi tasvirga ega. Ushbu televizorlar nafis bo‘lishiga qaramay, Smart televizorlari kabi yuqori funksionallikka ega. Ularga simli va simsiz internet aloqasi, sputnik va kabel tyunerlari, USB, HDMI va VGA kabi ulagichlar o‘rnatilgan. Ushbu ulagichlar yordamida televizorni noutbukka ulash, yoki jonli efirni flesh-kartaga ko‘chirib olish mumkin. 

Xalq Tanlovi

Artel televizorlari yuqori funksionallik, sifat, bejirim tashqi ko‘rinish va a'lo ergonomikaga egaligi tufayli, faqatgina O‘zbekistonda emas, balki o‘zga chet el davlatlarida ham shuhrat qozonyapti.

Foto: Artel

Hozirda Artel televizorlari Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Ozarboyjon va Gruziya davlatlariga eksport qilinmoqda.

Artel televizorlarini yurtimizda joylashgan minglab do‘konlardan birida xarid qilishingiz mumkin. Artel televizorlari uch yillik to‘liq, bepul kafolatga ega. To‘liq bepul kafolat – servis xizmati, ishdan chiqqan maishiy texnikani bepul ta'mirlash, va ishdan chiqqan ehtiyot qismlarini bepul almashtirish imkoniyatini beradi. Kafolatdan foydalanish uchun O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha joylashgan 32 dan ortiq servis markazlaridan biriga murojaat qilishingiz mumkin.  

Qo‘shimcha ma'lumot uchun artelgroup.org, https://www.facebook.com/arteluzb/ saytlariga tashrif buyuring yoki +(99871)148-88-88 qo‘ng‘iroq qiling. 

Reklama huquqi asosida

Top