9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:35 / 17.04.2018 29256

Prezident majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda holat» sifatida ko‘rib chiqishga topshiriq bergan

Foto: Rambler/novosti

O‘zbekiston hukumati bundan buyon majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda hodisa» sifatida ko‘rib chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida 17 aprel kuni o‘tkazilgan «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas'uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma'lum qildi.

Bosh vazirning ta'kidlashicha, hududlardagi rahbarlarning ta'lim va tibbiyot xodimlarini o‘z sohasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarga jalb etishi, ko‘zbo‘yamachiliklarga yo‘l qo‘yishi holatlari mamlakatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosatga ziyon yetkazmoqda.

Bosh vazir prezidentning viloyatlarga tashriflari arafasida ta'lim, tibbiyot xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etish barcha hududlarda avj olganini qayd etib o‘tgan.

«Hukumatga alohida topshiriq berildi: har bir shunday holat endi favqulodda hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi», — deya bosh vazirning so‘zlarini keltirgan KUN.UZ muxbiri.

Bosh vazir o‘qituvchi va shifokorlarni jamoat ishlariga majburan jalb etgan rahbarlar va amaldorlarning ishi yuzasidan prokuratura va boshqa organ xodimlari ishtirokida alohida nazorat o‘rnatilishini, prezidentning maxsus topshirig‘iga ko‘ra, endilikda majburiy mehnat masalasi favqulodda holat sifatida yuqoridagi tashkilotlar bilan birgalikda alohida ko‘rib chiqilishini ta'kidlab o‘tgan.

Top