13:02 / 17.04.2018
19242

Ronaldu 2018 yildagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha Messini ortda qoldirmoqda

Foto: AP /Paul White

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya La-ligasida 2018 yilda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda jami 19ta gol kiritdi. Bu natijaga erishish uchun Ronalduga 12ta o‘yin kifoya qildi.

Chempionatda to‘purar bo‘lib turgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi esa bu davrga kelib 14ta uchrashuv o‘tkazib 14ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 
Bu borada Messi faqatgina «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann qayd etgan natijani takrorlagan. Fransiyalik hujumchi ham yangi yilda La-ligada 14 uchrashuv o‘tkazib, 14ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top