22:19 / 18.04.2018
11432

Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bilan xayrlashdi, o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Toshkentning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqdi, deb xabar bermoqda «temiryo‘lchilar» sayti.

«Lokomotiv» barcha musobaqalarda munosib ishtirok etishni maqsad qilgan edi. Lekin ayni paytga kelib, jamoa Superligada 9-o‘rinni egallab turibdi. Qolaversa, Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini ham erta yakunladi. Holbuki «Lokomotiv» rahbariyati jamoa oldiga OChLda guruhdan chiqish vazifasini qo‘ygan edi. Ham ichki, ham xalqaro maydondagi natijalar qoniqarsiz ko‘rinish olgani sababli, «Lokomotiv» bosh murabbiyi vazifasida ishlab kelgan Andrey Miklyayev o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqdi.

Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish mas'uliyati Andrey Fyodorovga ishonib topshirildi. Unga murabbiylar shtabida Mirko Yyelichich hamda Temur Kapadze yordam berishadi» - deyiladi klub bayonotida.

Top