14:47 / 18.04.2018
60176

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘zgardi

Ortiqbek Yusupov/Foto: muxlis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov, Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bergan.

Yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rilgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Ortiqbek Yusupov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Jasur Akromov qo‘mita raisi etib tayinlandi. 

Bundan tashqari, Muzaffar Komilov hamda Nuriyman Abdulhasan raisning yangi o‘rinbosarlari etib tayinlandi. 

Ma'lumot uchun, Ortiqbek Yusupov 2003 yildan beri Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top