00:53 / 18.04.2018
6720

Qirg‘izistonda issiqlik elektr markazidagi avariya sababli Jalolobod meri ushlandi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Elektr stansiyalar” kompaniyasining sobiq direktori, hozirda Jalolobod meri bo‘lgan Salaydin Avazovni Bishkekdagi issiqlik elektr markazidagi yirik avariya tergovi doirasida hibsga oldi.

Bishkekdagi barcha ko‘p qavatli turar-joy binolari, bolalar bog‘chalari, maktablar va shifoxonalarni issiqlik va elektr energiya bilan ta'minlovchi yagona issiqlik elektr markazida 26 yanvarda, anomal sovuqlar vaqtida, harorat iqlim me'yoridan 20 daraja pastga tushganda avariya yuz bergan. Qo‘shimcha kotloagregatlarni ishga tushirish vaqtida yana bitta avariya yuz bergan. Bishkekda issiqlik ta'minotining normal ishlashini 2 fevraldagina tiklashga muvaffaq bo‘lingan. Avvalroq shu ish bo‘yicha “Elektricheskiye stantsii” davlat kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari va amaldagi direktori hibsga olingandi.

Ma'lum qilinishicha, kompaniyaning sobiq top-menejyerlari vaqtinchalik saqlash izolyatorida ushlab turilibdilar. 

Bishkekda strategik obektda avariya yuz bergandan keyin issiqlik elektr markazi modernizatsiya qilingani bo‘yicha yirik mojaro chiqqan.  

Mavzuga oid
Top