09:21 / 18.04.2018
12727

“Mustang” qatorasiga uchinchi yil dunyodagi eng yaxshi sportkar deb topildi 

Foto: Arpem.com

2017 yilda Ford Mustang qatorasiga uchinchi yil dunyodagi eng yaxshi sportkar deb topildi. Avtomobil 13 ta davlatda xaridorgirligi bo‘yicha Porsche 911’ni ortda qoldirgan. Avtomobilning 5 litrli, 8 silindrli dvigatel bilan jihozlangan GT modifikatsiyasi katta talabga ega bo‘lgan.   

O‘tgan yil umumiy miqdorda 125809 ta Ford Mustang ro‘yxatga olingan. Ulardan eng ko‘pi – 81866 tasi AQShda joylashgan. Kompaniya Yevropada 13100 ta avtomobil sotgan. Avtomobil asosan Germaniyada (5742 dona), Buyuk Britaniyada (2211 dona), Fransiyada (942 dona), Belgiyada (900 dona) va Shvetsiyada (512 dona) yaxshi sotilgan. 

Ford Mustang Xitoyda ham eng talabgir sportkar bo‘lgan, bu mamlakatda 7125 ta Mustang ro‘yxatga qo‘yilgan. Model 2015 yil global eksportga chiqarilgandan keyin undan umumiy miqdorda 418 ming dona sotilgan.

Ford kompaniyasi Yevropa uchun yangilangan Mustang’ni 2017 yil kuzida taqdim qilgan. 

Mavzuga oid
Top