18:45 / 18.04.2018
23319
Rossiya bosh prokurori Berezovskiy haqida yana bir ma'lumotni oshkor qildi
Foto: mk.ru /Gennadiy Avramenko

Rossiya bosh prokurori Yuriy Chaykaning ma'lum qilishicha, tadbirkor Boris Berezovskiy Britaniya maxsus xizmatlari bilan birgalikda harakat qilgan, shu sababdan, Rossiyaga qaytishga qaror qilganida «umri bilan narx to‘lagan». Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Berezovskiy Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari nazorati ostida va ular bilan birga harakat qilgan, shu sababdan ham, vataniga qaytishga qaror qilganida buning evaziga umridan ayrilgan», - deya aytib o‘tdi Chayka.

Uning ta'kidlashicha, maxsus xizmatlar Berezovskiy FXX sobiq podpolkovnigi Aleksandr Litvinenkoning o‘limi bo‘yicha tafsilotlarni oshkor etishiga yo‘l qo‘ya olmas edi.

«Maxsus xizmatlar Litvinenkoga nisbatan amalga oshirilgan yadroviy terrorizm to‘g‘risidagi sirlar tashuvchisi Buyuk Britaniyadan tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ya olishmasdi, hamda bu Rossiyada ham ma'lum edi», - deya ta'kidlab o‘tdi bosh prokuror.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Bosh prokuraturasi Litvinenkoning o‘limida Berezovskiy manfaatdor bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

 

Top