9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:01 / 18.04.2018 2693

Tashqi savdo vaziri boshchiligidagi delegatsiya Pokistonga rasmiy tashrifni amalga oshirdi

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston Islom Respublikasi (PIR)ga rasmiy tashrifni amalga oshirdi. U yerda ikki tomonlama uchrashuvlar va dolzarb masalalar muhokamasi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Pokiston Islom Respublikasining Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi vazirligi, Savdo vazirligi va Tashqi ishlar vazirligida qator uchrashuvlar rejalashtirilgan. 

Shuningdek delegatsiya Pokiston savdo-sanoat palatalari vakillari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashadi hamda PIR ishbilarmonlar doirasi ishtirokida V2V formatidagi muzokaralarni o‘tkazadi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan shuningdek Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov, Davlat investitsiya qo‘mitasi, "O‘zto‘qimachiliksanoat", "O‘zsanoateksport", "O‘zagrotexmash", "O‘zbekcharmpoyabzali", Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi mas'ul rahbarlari o‘rin olishgan.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, aniq natijalarga erishish ko‘zda tutilgan.

Ta'kidlash joizki, joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo hajmi 6,6 million dollarni tashkil qildi (+80,9 foiz), shu jumladan eksport - 1,1 million dollar va import 5,5 million dollarni qayd etdi. 

O‘zbekistonda Pokiston investitsiyalari ishtirokidagi 58 korxona va 100 foiz Pokiston kapitaliga ega 5 korxona faoliyat yuritadi. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari: savdo-sotiq, to‘qimachilik mahsulotlari, qog‘oz, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport va turistik xizmatlarni taqdim etish.

 

Top