20:18 / 18.04.2018
16104

Vetnamda eski batareykalardan qahva tayyorlagan korxona aniqlandi 

Vetnamning Daknong viloyatida politsiyachilar eski batareykalardagi qora kukundan foydalangan holda qahva ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonani aniqladi. Bu haqda  TuoiTreNews nashri xabar berdi. 

Foto: Vietnam police

Korxona egasining aytishicha, “irkit” qahva maydalangan qahva donlarini chang-chung bilan aralashtirish orqali olingan. Batareykalardan olingan qora kukun esa olingan qorishmani bo‘yash uchun qo‘llangan.

Foto: Vietnam police

Korxonasi egasi bo‘lgan ayol korxona anchadan beri ishlab kelishini, 2018 yil boshidan esa bozorga o‘z “mahsulot”idan 3 tonnadan ko‘proq yetkazib berganini tan olgan. Reyd vaqtida korxonada 12 tonna “irkit” qahva aniqlangan.

Foto: Vietnam police
Foto: Vietnam police

Mutaxassislarning aytishicha, batareykalardan olinuvchi qora kukun marganets ikki oksidi bo‘lib, kuchli zaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir litr suvga 0,5 milligrami ham xavflidir. Shuningdek, batareykalarda qo‘rg‘oshin, simob, sink, kadmiy va margimush kabi boshqa zaharli elementlar ham qo‘llanadi.

Top