08:57 / 19.04.2018
6705

APL. «MYu» yana mehmonda g‘alaba qozondi

Foto: Manchester United

Angliya premer-ligasining 35-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Manchester Yunayted» «Bornmut» mehmoni bo‘lib, g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda Kris Smolling, ikkinchi bo‘limda Romelu Lukaku tomonidan kiritilgan gollar jamoaga mehmonda navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Yunayted» hisobidagi ochkolar soni 74taga yetdi va jamoa 3-o‘rinda borayotgan «Liverpul» bilan farqni 4 ochkogacha oshirdi.

Angliya premer-ligasi
35-tur

Bornmut – Manchester Yunayted 0:2 (0:1)
Gollar:
 Smolling (28), Lukaku (70).
Bornmut: Begovich, Frensis, Kuk, Ake, Deniels, Ayb (Musse, 56), Kuk, Serman (Gosling, 75), Freyzer, King (Defo, 82), Uilson.
Manchester Yunayted: De Xea, Darmian, Smolling, Djons, Shou, Fellayni, Errera (Matich, 72), Pogba (Blind, 80), Lingard (Lukaku, 62), Reshford, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Kuk (49), Smolling (61), Kuk (62), Serman (68).

Top