19:10 / 19.04.2018
5778

Brent nefti barreli narxi 4 yil ichida ilk marta 74 dollardan oshdi

Foto: EPA

Qit'alararo birjadagi savdolar davomida Brent markali neft narxi bugun 2014 yilning noyabridan beri birinchi marta bir barrel uchun 74 dollardan oshdi. Toshkent vaqti bilan soat 14:06da Brent neftiga iyun fyucherslari 0,944 foizga ko‘tarildi – bir barrel uchun 74,18 dollar. WTI markali neft narxi 0,926 foizga oshdi – bir barrel uchun 69,11 dollar.

Neft narxi ikki haftadan beri ishonchli tarzda o‘sib bormoqda, hamda bu vaqt davomida Yevropa neftining turli sinfdagilari 9-11 foizga qimmatlashdi. Bu Yaqin Sharqdagi vaziyatning beqarorlashishi, shuningdek, AQShda neft zaxiralari kamaygani haqidagi xabarlar fonida yuz bermoqda.

Top