09:12 / 19.04.2018
11080

Sensatsiyalar kuni. «Real» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Valensiya» o‘z uyida yutqazdi

Foto: Getty Images

Ispaniya La-ligasining 33-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda kutilmagan natijalar qayd etildi.

«Real» o‘z uyida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda Krishtianu Ronaldu kiritgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolgan bo‘lsa, «Valensiya» kutilmaganda o‘rtamiyonalar safida borayotgan «Xetafe»ga o‘z uyida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va «Real»ga yetib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Shuningdek bu turda «Espanol» o‘z uyida «Eybar»ga yutqazib qo‘ydi.

Ispaniya La-ligasi
33-tur

Real Madrid – Atletik 1:1 (0:1)
Gollar: Ronaldu (87) – Inyaki Uilyams (14).
Real Madrid: Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Vaskes, Kroos, Modrich, Asensio (Isko, 69), Benzema (Beyl, 69), Ronaldu.
Atletik: Arrisabalaga, De Markos, Nunes, Martines, Balensiaga, Iturraspe, San Xose, Inigo Lekue (Susayeta, 79), Raul Garsiya, Kordoba (Muniain, 70), Inyaki Uilyams (Aduris, 85).
Ogohlantirishlar: Inyaki Uilyams (39), Vaskes (45), Iturraspe (61), De Markos (84), San Xose (89), Karvaxal (90).

Espanol – Eybar 0:1 (0:1)
Gol: Lomban (32).
Espanol: Lopes, Lopes, Lopes Silva, Ermoso, Karikol, Darder, Sanches, Sanches (Melendo, 67), Pyatti (Garsiya, 46), Moreno, Baptistao (Mark Navarro, 79).
Eybar: Dmitrovich, Kapa, Paulu Oliveyra, Lomban, Xose Anxel, Eskalante, Dani Garsiya (Diop, 85), Leon, Jordan, Ivan Alexo (Junka, 90), Penya (Kike, 80).
Ogohlantirishlar: Ermoso (33), Lopes (51), Sanches (56), Kapa (57), Diop (90).

Valensiya – Xetafe 1:2 (0:1)
Gollar: Rodrigo (69) – Remi (16, 49).
Valensiya: Domenek, Montoyya, Garay, Murilo, Gayya, Pereyra (Ferran Torres, 61), Parexo, Maksimovich (Soler, 61), Gonsalu Gedesh, Vetto (Rodrigo, 61), Dzadza.
Xetafe: Guaita, Suares, Dakonam, Bruno Gonsales, Kabrera, Portilo (Mora, 76), Flamini, Fajr, Dediu (Antunesh, 90), Molina, Remi (Alvaro, 62).
Ogohlantirishlar: Remi (62), Dakonam (70), Alvaro (70), Kabrera (74), Gayya (78), Molina (87), Suares (89), Antunesh (90).
Chetlatish: Parexo (86, Valensiya).

Mavzuga oid
Top