10:54 / 19.04.2018
12759
TamTam App Store va Google Play O‘zbekiston reytingida yetakchiga aylandi
Foto: Getty Images

TamTam messenjeri App Store va Google Play O‘zbekiston reytingida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Bundan AppAnnie ma'lumotlari darak bermoqda.

Xususan, 19 aprel kungi holatga ko‘ra, ilova ham App Store’da, ham Google Play’da yuklab olishlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi va «Yandeks.Taksi», Telegram, imo, Instagram hamda WhatsApp’ni ortda qoldirdi.

TamTam uch kun ichida O‘zbekiston reytinglarida 60-80 pog‘onaga yuqoriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisi Google'da TamTam’ni eng ko‘p qidiruvchi davlatlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

TamTam nafaqat O‘zbekiston va Rossiyada mashhurlashmoqda, balki Eronda ham shunday vaziyat kuzatilmoqda – u yerda ham Telegram muloqot qilishning asosiy vositasi edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda iOS foydalanuvchilari TamTam messenjerini yuklab olishni boshlagani xabar berilgandi.

KUN.UZ saytining TamTam messenjeridadagi kanali: https://tt.me/kunnews

Top