01:14 / 20.04.2018
8705

Andijon viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga xizmat safari uyushtirdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida  bo‘lib turibdi.
Chin yurtiga bir guruh tadbirkorlar bilan tashrif buyurgan viloyat rahbarining maqsadi ayni paytda sanoat, ishlab chiqarish borasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan davlat tajribasini o‘rganish, viloyatda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va Andijonga uskunalar keltirishdan iborat.         

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

 Delegatsiya, o‘z safari davomida Xefey, Uxu, Shanxay va boshqa shaharlarda bo‘lib,   keng iste'mol va sanoat mollari ishlab chiqaruvchi korxona va zavodlardagi ish jarayoni bilan tanishadi.

 Bundan tashqari, Ho‘jaobod tumanida «Anxoy Konch sement» kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilishi ko‘zda tutilayotgan  sement zavodi bo‘yicha, «Nang Yang MF Industrial, Co. Ltd»  kompaniyasi bilan “Bobur MF” jamiyatida bunyod etiluvchi bo‘yoq tizimi yuzasidan va yana bir qator kompaniyalar bilan manfaatli  kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan. Yana «Hefei Meiling Group» muzlatgich va kir yuvish mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib boriladi.

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

19 aprel kuni delegatsiya a'zolari Xefey shahridagi tadbirkorlar palatasida bo‘ldi va  JAC Motors avtomobil zavodida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Top