00:30 / 21.04.2018
14348

Yanukovich Ukraina hukumatiga ochiq xat yozdi

Foto: Grigoriy Sysoyev / RIA Novosti

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich mamlakat hukumatiga ochiq xat yozdi. Sobiq prezident to‘ng‘ich o‘g‘li Aleksandrning matbuot kotibi Yuriy Kirasir o‘zining Facebook sahifasida ushbu xat matni bilan bo‘lishdi.

Xatda Yanukovich Kiyev Obolon sudi qarorini noqonuniy deb atagan. Uning fikricha, "sud juda shoshgan, chunki mazkur ish bo‘yicha guvohlar tomonidan aytiladigan haqiqat muddatidan avvalgi parlament saylovlari natijalariga ta'sir qilishi mumkin edi, bu saylovlarda esa Poroshenko va uning odamlari g‘alaba haqida orzu qilmoqda".

Yanukovich amaldagi rejim "Tinch Maydan", "qonxo‘r diktator", "Donbass separatistlari" haqidagi yolg‘on hikoyalar ustiga qurilgan. Uning fikricha, haqiqat shundaki, "bu jinoyatchilar o‘z hukmronligini ko‘zlab, dastlab o‘t ochishgan, keyin esa keraksiz Qrimdan qutulishgan, so‘ngra Donbassdagi minglab ukrainaliklar qonini to‘kishgan". 

"Hukumat meni sud qilmayapti - u men uchun ovoz bergan millionlab ukrainaliklarni namoyishkorona hukm qilmoqda. U Maydanga qarshi bo‘lganlarni... davlat to‘ntaruviga qarshi bo‘lganlarni sudlamoqda. Mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar - amaldagi rejimning asoratlari. Bu ularning tez orada kutilayotgan inqiroz oldidagi qo‘rquvidir. Ular hukumatni qo‘ldan chiqargach, sud oldida emas, g‘azabdagi Ukraina xalqi oldida qolishlarini tushunib turishibdi", - deb yozadi sobiq Ukraina prezidenti.

Viktor Yanukovich 2010-2014 yillarda Ukraina prezidenti bo‘lgan. U 106 kishining o‘limiga olib kelgan "Yevromaydan"dan keyin mamlakatni tark etgan. 

Mavzuga oid
Top