11:54 / 21.04.2018
87083

DXX xodimlari tomonidan tuman hokimi yordamchisi qo‘lga olindi

Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatning oldini olishdi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida namoyish etilgan lavhada aytilgan.

Qayd etilishicha, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Atanazarov fuqarolarni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish uchun ko‘maklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Umurbek Atanazarov Janubiy Koreya davlatiga shartnoma asosida ishga jo‘natish uchun ikki nafar fuqarodan sakkiz ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi vaqtida Umurbek Atanazarov shu vaqtga qadar 12 nafar fuqarodan jami 22 ming 400 AQSh dollari olganligi ma'lum bo‘ldi. 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha hokim yordamchisi Umurbek Atanazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top