23:35 / 21.04.2018
78504

Imom ishi: ayrim MXX xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va masjidlarda ishlab kelgan Hikmatulla Yusupov ishi bo‘yicha ayrim MXX xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, Xorazm viloyati Harbiy prokuraturasi Hikmatulla qoriga 13 yil qamoq jazosi tayinlanishi ortida ayrim MXX xodimining noqonuniy ta'siri borligini tekshirmoqda. Shuningdek, ayrim MXX xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval imomga nisbatan chiqarilgan ikkita huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sud hukmlari asossiz bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgandi. Unda aytilishicha, soxta guvoh va dalillar bilan Hikmatulla Yusupovga jazo tayinlangan.

Mavzuga oid: Imomning rafiqasi: «Erim MXX xodimiga tanbeh bergani uchun 13 yilga qamaldi»

Kun.uz ushbu tergovni kuzatib boradi.

 

Mavzuga oid
Top