16:36 / 21.04.2018
17056

Hindistonda nomusga tekkanlik uchun jazo keskin kuchaytirildi

Hindiston hukumati 12 yoshdan kichik bo‘lgan qizlarni guruh bo‘lib zo‘rlash uchun o‘lim jazosi joriy etilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Economic Times gazetasi xabar bermoqda.

Farmon bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga (POCSO) qo‘shimchadir.

Shuningdek, nomusga tekkanlik uchun jazoning minimal muddatlari uzaytirildi – 7 yildan 10 yilgacha qamoq. 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning nomusiga tekkanlik uchun jazo minimal muddati 10 yildan 20 yilgacha qamoq bilan almashtirildi.

 

Top