01:30 / 21.04.2018
16667

Qirg‘iziston hukumatining yangi tarkibi. To‘liq ro‘yxat

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hukumatning yangi a'zolarini tayinladi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi apparatining axboriy siyosat bo‘limi xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, prezident quyidagi tayinlovlar haqidagi farmonini imzolagan:
Apparat rahbari — Murat Mukambetov.
Tashqi ishlar vaziri — Erlan Abdildayev.
Ichki ishlar vaziri — Qashqar Junushaliyev.
Adliya vaziri — Aynur Abdildayev.
Moliya vaziri — Adilbek Kasimaliyev.
Iqtisodiyot vaziri — Oleg Pankratov.
Qishloq xo‘jaligi vaziri — Nurbek Murashev.
Transport va yo‘llar vaziri — Jamshitbek Kalilov.
FVV rahbari — Nurbolot Mirzaxmedov.
Fan va ta'lim vaziri — Gulmira Xudayberdiyev.
Sog‘liqni saqlash vaziri — Kosmosbek Cholponbayev.
Madaniyat, axborot va turizm vaziri — Sultanbek Jumagulov.
Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vaziri — Taalaykul Isakunov.
Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari — Erlis Terdibekov.
Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish qo‘mitasi raisi — Ulanbek Riskulov.
Axborot texnologiyalari va aloqa davlat qo‘mitasi raisi — Bakit Sharshembiyev.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi — Idris Kadirkulov.

Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Sapar Isoqov hukumatining iste'fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonga ko‘ra, bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimini egallab turgan shaxslar, hukumat a'zolari yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilgunga qadar iste'foga chiqdi. Prezident farmoni darhol kuchga kirdi.

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti deputatlari bosh vazir Sapar Isoqov boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik votumi bildirgandi. Parlament yig‘ilishi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga ishonchsizlik bildirgan, faqat 5 kishi joriy hukumatni yoqlagan.

Muhammadkali Abilgaziyev Qirg‘izistonning 30-bosh vaziri bo‘ldi. Yangi hukumatda unga Kubatbek Boronov birinchi o‘rinbosar bo‘ladi. Murat Mukambetov hukumat apparati boshlig‘iga aylandi. 3 nafar bosh vazir o‘rinbosarlari almashgan: Dair Kenekeyev o‘rnini Zamirbek Asqarov, Sanjar Mukanbetov o‘rnini Jyenish Razakov, Cholpon Sultanbekova o‘rnini Altinoy Omurbekova egallagan.

Mavzuga oid
Top