14:58 / 21.04.2018
4610

Marat Bikmayev Osiyoning eng kuchli futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi

Osiyo futbolini yoritib boruvchi Fourfourtwo Asia nashri qit'amizning eng kuchli 50 nafar futbolchisini e'lon qildi.

Ro‘yxatdan O‘zbekiston terma jamoasi va «Lokomotiv» klubi hujumchisi Marat Bikmayev ham joy oldi. 32 yoshli futbolchi reytingning 32-pog‘onasiga loyiq ko‘rildi.

Marat Bikmayev o‘tgan mavsumda 26ta gol bilan O‘zbekiston chempionati to‘purari bo‘ldi. OChLda 5 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Mavzuga oid
Top