09:50 / 22.04.2018
10859

Xitoyda suv osti planeri rekord chuqurlikka sho‘ng‘idi

Foto: AP /Andy Wong

Xitoyning suv osti planeri Mariana botig‘ida 8213 metr chuqurlikka sho‘ng‘ib, rekord natija qayd qildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi

“Syan'yanxun-18” ilmiy-tadqiqot kemasi 22 aprelda 30 kunlik missiyadan keyin Xitoy davlat okeonologik boshqarmasining bosh portiga qaytdi. U missiya davomida 31 ta “Xayyan-4000” va “Xayyan-10000” suv osti planerlari bilan Mariana botig‘ida bo‘lgan.

Missiya vaqtida Xitoy planerlari umumiy hisobda 18 ta sho‘ng‘ishni amalga oshirgan va ulardan eng chuquri 8213 metrni tashkil qilgan. Bu esa suv ostiga chuqur sho‘ng‘ish bo‘yicha yangi jahon rekordi bo‘ldi.   

Ta'kidlanishicha, olimlar suv osti kuzatuvlari davomida katta hajmda qimmatli ma'lumotlarni yig‘ishga muvaffaq bo‘lishgan.  

2017 yil mayda Xitoyning “Tszyaolun” suv osti qurilmasi sayyoramizning eng chuqur nuqtasi – Mariana botig‘ida joylashgan Chellenjyer chuqurligiga 7811 metr sho‘ng‘ishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Mavzuga oid
Top