11:10 / 22.04.2018
95139

Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimligidan ketdi, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Foto:news.cn

21 aprel kuni Xorazm viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida kechgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan.

«Kun.uz» manbasining tasdiqlashicha, 2017 yilning 15 oktabrida IIV rahbarligiga o‘tgan Po‘lat Bobojonov o‘rniga viloyatga hokim bo‘lgan Ilgizar Matyoqubovich Sobirov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rniga Farhod Ermanov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Farhod O‘razboyevich Ermanov - 1958 yilda tug‘ilgan. U 1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004-2010 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgan, 2010 yildan buyon Beruniy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Foto: Kruz.uz

Eslatib o‘tamiz, 2006-2015 yillar davomida Senat raisi bo‘lgan Ilgizar Sobirov 17 aprel kuni bosh vazir rahbarligida majburiy mehnatga qarshi o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida boshqa bir qator rahbarlar qatorida qattiq tanqid qilingandi.

Mavzuga oid
Top