10:41 / 23.04.2018
29796

GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Foto: Wikipedia

Chevrolet Orlando rusumli avtomobillarni GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilishi joriy yil 16 aprelidan to‘xtatildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chevrolet Orlando avtomobillarini xarid qilish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2017 yil noyabr oyidan to‘xtatilgan edi.

“GM Uzbekistan AJ Chevrolet Orlando rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha iste'molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta'minlashini yana bir bor ta'kidlaydi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil yanvar oyi oxirlarida GM Uzbekistan alyansi O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi ishlab chiqarish quvvatida Chevrolet Orlando rusumli avtomobilni ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabar berilgandi.

 

Top