Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Abdulaziz Komilov Pekinda Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
09:00 / 24.04.2018
1691

2018 yilning 23 aprel kuni Pekin shahrida tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: TIV axborot xizmati

Bo'lib o'tgan suhbat davomida tomonlar O'zbekiston-Hindiston kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi va o'zaro munosabatlardagi yangi dinamika va ijobiy tendensiyalarni ta`kidlab o'tdi. 2017 yil natijalariga ko'ra ikki tomonlama savdo hajmi 323,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu besh yil avvalgi ko'rsatkichdan deyarli ikki barobar ko'p.

Vazirlar O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo'lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik borasida fikr almashib, uning ijobiy yakunlanishidan ikkala tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlab o'tishdi.

Uchrashuvda Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiya, Terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha qo'shma ishchi guruhi majlislarini o'tkazish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

Hindiston TIV rahbari O'zbekistonni 2018 yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Afg'oniston bo'yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning natijalari bilan tabrikladi va Hindiston tomonining yakuniy Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirishga ijobiy hissa qo'shishga tayyorligini tasdiqladi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari shu kuni ishni boshlayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlislarining kun tartibini muhokama qilishdi. Aytish joizki Hindiston delegatsiyasi ShHT TIVK tarkibida birinchi marotaba to'la huquqli a`zo sifatida qatnashyapti.

 

Top