12:50 / 24.04.2018
70188

Kimlarga shanba va yakshanba ish kunlari etib belgilandi?

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2018 yil 20 apreldagi farmoyishi bilan 2018 yil aprel oyining 21, 22, 28 va 29 sanalari – shanba va yakshanba kunlari bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilishga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, mehnat qonunchiligiga ko‘ra xodimga:
 
ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi;

to‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi;

dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin;

dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

 

Mavzuga oid
Top