12:20 / 24.04.2018
15777

Samarqandda qarindoshini urib-tepib o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 18 aprel kuni Jomanjar mahallasida yashagan, 1979 y.t. M.Sh. uyidan tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 22 aprel kuni vafot etgan. 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 2018 yil 18 aprel kuni soat 03.00larda, Tayloq tumani Chorbog‘tepa mahallasida yashovchi, 1996 y.t. J.O. uyida o‘zaro janjal oqibatida qarindoshi M.Sh. tanasining turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan. J.O. qo‘lga olingan.

 

Top