13:14 / 24.04.2018
114896

O‘zbekistonda Qur'on musobaqasi: Oliy o‘rin sohibi aniqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasi o‘zgacha shukuh, o‘zgacha taassurotlar ostida kechdi. Mazkur musobaqa tuman, viloyat va respublika bosqichlari asnosida o‘tkazildi. Allohning kalomini yod olgan, uni qalb tubida joylagan qori va qoriyalar unda samimiy bellashishdi.

Qur'on musobaqasi hifz va tilovat yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Xususan, ushbu musobaqaning Respublika bosqichi 18–25, 26–40 yoshlilar hamda talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 24 aprel kuni Qur'on musobaqasining Respublika bosqichi erkaklar o‘rtasida g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 18-25 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Nizomiddin qori Ismoilov (Toshkent shahri);

2-o‘rin: Hasan qori Komilov (Qashqadaryo viloyati);

3-o‘rin: Nurmuhammed qori (Qoraqalpog‘iston respublikasi).

26-40 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Rasulbek qori Yo‘ldoshev (Farg‘ona viloyati);

2-o‘rin: Isroilxon qori Ne'matjonov (Namangan viloyati);

3-o‘rin: Fayzirahmon qori Mamajanov (Toshkent shahri).

18-25 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Muhammadiso qori Mahmudov (Farg‘ona viloyati);

2-o‘rin: Abboshon qori Obidov (Toshkent viloyati).

26-40 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Ubaydulloh qori Ishoqov (Andijon viloyati);

2-o‘rin: Abdulhamid qori Saidazimov (Jizzah viloyati);

3-o‘rin: Ahmadjon qori Vorisov (Namangan viloyati).

Diniy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblari (tilovat yo‘nalishi):

1-o‘rin: Qodirali qori Ahmadjonov (Mir Arab o‘rta-maxsus bilim yurti);

2-o‘rin: Azim qori Ziyoviddinov (Hidoya o‘rta-mahsus bilim yurti) / Hamidulloh qori Hikmatullayev (Muhammad al-Beruniy o‘rta-mahsus bilim yurti);

3-o‘rin: Hamidulloh qori Najmiddinov (Toshkent islom instituti) / Asrorxon qori Hamidov (Ko‘kaldosh o‘rta-mahsus bilim yurti).

Diniy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblari (hifz yo‘nalishi):

Yo‘ldoshali qori Nuriddinov

1-o‘rin: Yo‘ldoshali qori Nuriddinov (Toshkent islom instituti);

2-o‘rin: Muhammadxoji Mirzo qori Saidaliyev (Toshkent islom instituti);

3-o‘rin: Fozilxon qori Boyxonov (Xalqaro islom akademiyasi).

Shuningdek, musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham qorilar taqdirlandi:

Eng hushovoz Qur'on qorisi nominatsiyasi sohibi: Muhsin qori Sodiqov (Farg‘ona viloyati);

Eng yosh Qur'on qorisi nominatsiyasi sohibi: Habibulloh qori Ahmadov (Toshkent shahri);

Eng matonatli Qur'on qorisi nominatsiyasi sohibi: Arzibek qori Begmatov (Farg‘ona viloyati).

Hakamlarning qaroriga muvofiq, andijonlik Ubaydulloh qori birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. G‘olibga mukofot tariqasida uch kishiga haj safari uchun sertifikat topshirildi. 

Erkak qorilar o‘rtasida o‘tgan musobaqaning Oliy o‘rniga esa qoraqalpog‘istonlik Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov muyassar bo‘ldi. Unga “Jyentra” rusumli avtomobil yutuq tariqasida taqdim etildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tayotgan Qur'on musobaqasining Respublika bosqichida ayol qoriyalar o‘rtasida g‘oliblarni aniqlash tadbiri ham bo‘lib o‘tadi.

Top