15:52 / 24.04.2018
17755

«Vaziyat portlash yoqasida». Lukashenko «sovuq urush» qaytganini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, dunyoda manfaatlarni ilgari surish va ta'minlashda yana harbiy kuchga katta e'tibor berilmoqda. Bu haqda davlat rahbari rasmiy saytida xabar qilingan.

«Sovuq urush qaytgani, hatto undan ham yomoni – muz urush haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Bu portlash xavfi yoqasida turgan vaziyat. U tinchlik naqadar nozik bo‘lishi mumkin ekanini aniq ko‘rsatib bermoqda», - deya aytib o‘tdi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hozirgi sharoitlarda o‘z xavfsizligi xalq birdamligiga, shuningdek kuchli ichki hamda tashqi siyosatga bog‘liq ekanini tushunmoqda.

«Xalqaro arenada keskinlik va ishonchsizlik ortmoqda. Demak, yengil bo‘lmaydi. Sanktsiyalar urushi bizga ham ta'sir ko‘rsatishi va tegib o‘tishi aniq», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh «sovuq urush» qaytgani haqida ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid
Top