13:19 / 24.04.2018
14427
Reklama

Vicco Toshkentda: 100 foiz kafolatli xizmat

Foto: Vicco

Bolalar uchun qulaylik, kafolatli xizmat, ota-onalar uchun esa yetkazib berish xizmati. 

O‘zbekistonda uch yil avval o‘z ishini boshlagan Vicco brendi bolalar va ularning ota-onalarini xursand qilishda davom etmoqda. Yangi mavsum kirib kelganida ota-onalar intizorlik bilan yangiliklarni kutishni boshlashadi: sababi ular farzandlari uchun qandaydir qiziqarli takliflar taqdim etilishini juda yaxshi bilishadi. Vicco yana bir bor o‘z mijozlari manfaatini ko‘zlagan holda qulay Telegram-botni ishga tushirdi.

Mijozlar haqida qayg‘urish Vicco do‘konini O‘zbekiston bozorida boshqalardan ajratib turadi. Barchasi bolalar poyabzaliga yillik kafolat berish haqidagi shov-shuvli yangilikdan boshlangan. 2016 yilning yanvar oyida bu xabar barchani hayratga soldi. Axir bolalar oyoq kiyimni qanday kiyishlari barchamizga ma'lum. O‘zingizni bolalik chog‘ingizni eslang: darsdan so‘ng klassik oyoq kiyimda futbol o‘ynash, ko‘lmak bo‘ylab yugurish - bu hattoki o‘yinqaroqlik emas, balki kundalik zarurat edi. Vicco sotib olingan qishki poyabzal hamda tuflilar noqulaylik tug‘dirmasligiga, uzoq muddat, eng kamida — ikki mavsumgacha chidamli bo‘lishiga kafolat beradi. 

Foto: Vicco

O‘z va'dasiga vafo qilgan holda, Vicco do‘koni mahsulotlarni qaytarib olishga tashabbus ko‘rsatdi. Bu hodisa kompaniyaning texnik nuqson bilan sotuvga chiqqan poyabzallar to‘plamidan xabar topganida sodir bo‘ldi. Ertasi kuniyoq, Vicco xodimlari ushbu to‘plam xaridorlari bilan bog‘lanib, yangi oyoq kiyimga almashtirish kerakligini ma'lum qilishdi. Mijozlar bunday g‘amxo‘rlik, adolatlilik hamda tashabbusdan mamnun bo‘lishdi.

Vicco Toshkentda eng yaxshi xizmatni taqdim etishni maqsad qilgan, aynan shu sabab kompaniya doimiy tarzda so‘rovnomalar o‘tkazib, mijozlar ehtiyoji va xohishini o‘rganib chiqadi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, kafolat dasturi joriy qilinganidan boshlab ikki yil ichida poyabzal qaytarish holati ahamiyatsiz ko‘rsatkich - 0,8 foizni tashkil etdi. Bu esa do‘kon nafaqat to‘plamlar ishlab chiqarishi, balki Vicco javonlarida iste'molchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar bo‘lishi uchun sotuv jarayonini tizimlashtiradi hamda tahlil qiladi. Mazkur yondashuv o‘z samarasini bermoqda: ko‘plab ota-onalar Vicco'ga kelgach, bu yerda nafaqat so‘nggi urfdagi sifatli poyabzal xarid qilish, balki bolalar oyoq kiyim kichrayib qolmagunga qadar bemalol yurishlari mumkinligini juda yaxshi bilishadi. 

Foto: Vicco

2018 yil boshida Vicco o‘z mijozlariga yana bir ajoyib sovg‘a tayyorladi va Telegram'da qulay botni ishga tushirdi. Bu yerda siz barcha to‘plamlarni tomosha qilish, asosiy ma'lumotlarni olish, kerakli rangni tanlash imkoniga ega bo‘lasiz. Eng muhimi esa, endi do‘konga tashrif buyurish uchun ortiqcha xarajat qilishga hojat yo‘q - poyabzalning o‘zi uyingizga keladi. Agar faqat “ko‘zlar”gagina ishonib tanlashdan xavotirda bo‘lsangiz, bot sizga do‘konlardan biriga tashrif buyurishingiz uchun qancha mablag‘ kerakligini hisoblashga yordam beradi. 

Mijozlar qulayligi uchun botda bir necha bo‘linmalar mavjud: bolalar va qizlar uchun poyabzallar, mavsumiy poyabzallar. Shuningdek, har doim onlayn-rejimda mavjud o‘lchamlarni ko‘rsatib turadi. Telegram-bot orqali buyurma berishda ishonchli dastur xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

2018 yil bahor faslida ham Vicco do‘koni barcha yoshdagi bolajonlarni xursand qilishda davom etadi. Qoidaga rioya qilgan holda: “Eng yaxshisi - bolalar uchun!”, dizaynerlar har bir oyoq kiyimga uchta asosiy tarkibni birlashtirishgan: yorqin rang, zamonaviy dizayn va super qulaylik.

Foto: Vicco

Vicco savdo tarmog‘ida bolalar va qizlar uchun 19dan 39gacha bo‘lgan o‘lchamdagi poyabzallar taqdim etilgan. Bu esa sizning do‘konni xaridsiz tark etmasligingizni bildiradi. Vicco do‘konlari Samarqand Darvoza va Next savdo-ko‘ngilochar majmualarida joylashgan.

Murojaat uchun telefon: +998 (71) 205-0919

Facebook: fb.com/ViccoUzb
Instagram: instagram.com/viccouzb
Telegram: t.me/viccouzb (mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati)
Telegram: t.me/ViccoClub 
Telegramdagi onlayn katalog-bot: http://t.me/ViccoBot

Reklama huquqi asosida

Top