23:41 / 25.04.2018
8199

Putin Sarkisyan bilan Armanistondagi joriy holatni muhokama qildi

Foto: Korrespondent.net

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan Armanistondagi joriy holatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda Kreml matubot xizmati.

«Armanistondagi joriy holat muhokama qilindi. Vladimir Putin va Armen Sarkisyan ichki inqirozni tezroq bartaraf qilish uchun mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar tiyilishi va mas'uliyatni his qilishi lozimligi, mavjud muammolarni qat'iy va konstitutsion doirada hal qilish uchun tayyor ekanligini namoyish etishi kerakligini ta'kidlashdi», — deyiladi xabarda.

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyanning mamlakat bosh vaziri etib saylanishiga qarshi aksiyalar 13 aprel kuni boshlangan edi. Muxolifat ikki muddat prezidentlik kursisida o‘tirgan Sargsyanni samarasiz boshqaruv va mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning yomonlashuvida ayblamoqda. 17 aprel kuni muxolifat «baxmal inqilob» boshlanganini e'lon qildi. Noroziliklarga qaramasdan, Armaniston parlamenti o‘sha kuniyoq Sargsyanni vazirlar mahkamasi rahbari etib sayladi. Oradan bir hafta o‘tgach, 23 aprel kuni davom etayotgan norozilik aksiyalari fonida Sargsyan iste'fo berdi. Bu voqealargacha Armanistonda konstitutsiyaga kiritilgan mamlakat bosh vaziriga keng vakolatlar beruvchi o‘zgartirishlar kuchga kirgan edi.

Top