09:35 / 25.04.2018
5221

Rio-de-Janeyro aeroportida 100 kg geroin topildi

Foto: Glooballookpress

Rio-de-Janeyro aeroportidagi bojxonachilar Xitoydan kelgan yuk ichidan 50 kg portlovchi modda va 100 kg geroin topishdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Yuk aeroportda o‘tgan yilning sentabrida hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli ushlangan, biroq bojxona xizmati uning ichida nima borligini endi tekshirib ko‘rishga qaror qildi.

Yakunda bochkalarda tibbiy tomchilarni ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan kimyoviy moddalar o‘rniga giyohvand moddalar va portlovchi moddalar borligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati politsiyasi Rio-de-Janeyro shahri portidagi konteynerlarda 1,3 tonna kokain aniqlagandi. “Fikrimizcha, bu Rio-de-Janeyroda aniqlangan eng yirik kokain partiyasi va Braziliya tarixidagi eng yiriklaridan biridir”, - deb aytgan tergovchi Fabrisiu Oliveyra.

 

Mavzuga oid
Top