00:18 / 28.04.2018
19586

Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari o‘zgardi - xotin-qizlar qo‘mitasiga yangi rais saylandi

Foto: KUN.UZ

Bugun Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etgan majlisda tashkiliy masala ko‘rildi. Marhabo G‘afurova o‘z arizasiga ko‘ra Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Hamrotosh Normurodovna Shodiyeva Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

Hamrotosh Normurodovna Shodiyeva 1959 yil 17 sentabrda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti – oliy. Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan.

U 2014 yildan buyon xalq deputatlari Samarqand viloyati va Kattaqo‘rg‘on shahar kengashlari deputati sanaladi.

Hamrotosh Shodiyeva 2005–2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator bo‘lgan.

Top