23:16 / 28.04.2018
20868

“O‘zbekkonsert”: xalq imtihonidan o‘tgan san'atkorgina litsenziya oladi

Foto: "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi matbuot xizmati

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida turli sohalar qatori san'at va madaniyat yo‘nalishida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmoqda. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami ham bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Masalan, O‘zbekistondagi mashhur san'atkorlardan iborat ijodiy jamoalarning mamlakat chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun konsert-shoular uyushtirishi, sovg‘alar berishi va odamlar kayfiyatini ko‘tarishi kabi tadbirlar bugungi davr siyosati bilan uyg‘un tarzda o‘tkazilmoqda.

- “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ayni kunlarda yana bir ana shunday keng ko‘lamli ishga qo‘l urmoqda, - dedi muassasa rahbari Odiljon Abduqahhorov KUN.UZ’ga. Ya'ni, muassasadan qo‘shiqchilik sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya olmoqchi bo‘lgan yoshlar, avvalo, o‘z malakalarini oshirish uchun respublikaning istirohat bog‘lari bor shahar va tumanlariga tashrif buyurib, konsert bersa, xalq imtihonidan o‘tsa, bog‘da jonli aytib odamlar ko‘nglini olsa, litsenziyani qo‘lga kiritadi.

Avvalo, bu tadbir yosh san'atkorni faoliyati boshidanoq xalq bilan birga bo‘lishi, ular oldida chiqib tajriba to‘plashiga sabab bo‘lsa, ikkinchidan unda san'atga bo‘lgan mas'uliyatni oshishiga turtki bo‘ladi.

Top