16:52 / 29.04.2018
7013

Yerevanda muxolifatning norozilik namoyishlari tiklanmoqda

Foto: REUTERS/Gleb Garanich

Armaniston muxolifat harakat yetakchisi Nikol Pashinyan yakshanba kuni o‘z tarafdorlarini Yerevan ko‘chalarida norozilik namoyishlarini tiklashga chaqirdi. U o‘zining Facebook sahifasi orqali shu haqida ma'lum qildi.

"Barcha tarafdorlarimizni soat 12:00 da yo‘llar va chorrahalarni bloklashga, hatto mashinalar harakatini to‘xtatishga chaqiraman", - dedi Pashinyan. U shuningdek "mamlakat ichki siyosiy inqirozi o‘z yechimini topishga yaqin ekani"ni qo‘shimcha qilgan. 

"Biz harakatlarimizda qat'iy ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak. 19:00 da Respublika maydonida miting e'lon qilaman", - degan Pashinyan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Armaniston muxolifat tarafdorlari yakshanba kuni Yerevanning bir necha markaziy ko‘chasini bloklay boshlashgan.

Namoyishchilar Tumanyan, Pushkin ko‘chalari va Mashtots prospekti yopib qo‘yishgan, shaharning bir necha qismlarida yurishlar va namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya norozilik aksiyalarini kuzatmoqda, lekin ularga xalaqit berishga urinmayapti.

 

Mavzuga oid
Top