10:25 / 29.04.2018
6716

Xitoyda sun'iy ong bo‘yicha ilk darslik chop etildi

Foto: Fotolia /Daniel Schweinert

28 aprelda Shanxaydagi Sharqiy Xitoy pedagogika universitetida Xitoyda sun'iy ongni o‘rganish bo‘yicha o‘rta va yuqori sinflar uchun ilk darslik taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Sun'iy ong asoslari” deb nomlangan yangi darslik maktab o‘quvchilari uchun bu soha bo‘yicha birinchi qo‘llanma hisoblanadi. Kitob tajriba sifatida “Sun'iy ong asoslari” fani kiritiladigan 40 ta maktab kutubxonasiga beriladi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu darslik an'anaviylaridan farqli, o‘quvchilarning ham qo‘li, ham miyasini ishlatishga majbur qiladi, ya'ni o‘quvchilar bilan nazariyadan keyin fanni yaxshiroq o‘rganish va o‘zlashtirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Bu bolalarga nafaqat fan bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni berish, balki ularning ijodiy qobiliyatlari va fantaziyalarini ochish va ro‘yobga chiqarishga imkon beradi.

Nashrning ta'kidlashicha, bu fanning hozircha tajriba sifatida ham joriy qilinishi, bugungi kun uchun eng yangi hisoblangan sun'iy ong texnologiyalari fani o‘quvchilar uchun noodatiy va mujmal fandan o‘quvchilar bilishlari talab etiladigan fanlar qatoriga o‘tishini anglatadi.

 

Top