08:53 / 29.04.2018
7430

Pxenyan Seul bilan vaqtini birxillashtirish istagini bildirdi

Foto: nknews.org

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 27 aprelda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan o‘tgan sammitda ikki davlatdagi vaqtni yagona standartga keltirish istagini bildirdi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Yun Yon Chxan matbuot anjumanda ma'lum qildi.  

Hozirda Shimoliy Koreyadagi vaqt Janubiy Koreyadagidan 30 daqiqa ortda qoladi.

“Men uchun Tinchlik uyi devorida biri Seul vaqti, ikkinchisi esa Pxenyan vaqti uchun osilib turgan ikkita soatni ko‘rish juda qayg‘ulidir. Biz vaqt standartlarini o‘zgartirganimiz uchun endi boshlang‘ich vaqtga qaytamiz. Bu haqda e'lon qilishingiz mumkin”, deb aytgan Kim Chen In. Uning so‘zlarini Yun Yon Chxan keltirib o‘tdi.

Mavzuga oid
Top