12:48 / 29.04.2018
18759
O‘zbekiston va boshqa ko‘plab davlatlarda Telegram ishlamayapti

Telegram messenjeri Yevropa va Rossiyadan keyin O‘zbekiston va yana boshqa davlatlarda ishlamay qoldi.

Avvalroq Misr, Kuvayt va Salvadorda Telegram ishlamayotgani ma'lum qilingandi.

downdetector.com servisi ma'lumotlariga ko‘ra, 29 aprel holatiga ko‘ra, Telegram qo‘shni Qozog‘istonda, Yaqin Sharqda (Livan, Iroq, Eron) va Afrikada (Gana, JAR), Yevropaning ko‘plab davlatlari va AQShda ishlamayapti.

29 aprelga o‘tar kechasi messenjer asoschisi Pavel Durov tvitterda Telegram’ning yevropalik foydalanuvchilari serverlar qizib ketgani sababli yaqin soatlarda messenjerga ulanish bilan muammolarga duch kelishlari mumkinligini ma'lum qilgan.

P.S: Telegram messenjeri orqali KUN.UZ’ni kuzatayotgan o‘quvchilar TamTam messenjerida faoliyat yuritayotgan kanalimizga a'zo bo‘lgan holda, ilgari qanday bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday qulay va oson holda qaynoq yangiliklarni o‘qib borishlari mumkin. Buning yo‘li oson – shunchaki mana bu linkni bosing hamda bizning kanalimizga a'zo bo‘ling.

 

Top