12:51 / 30.04.2018
8241

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga yangi kotibiyat rahbari tayinlandi

Foto: «KRuz.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 27 apreldagi 285-sonli qaroriga muvofiq Azatbay Bayimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyat rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.

Azatbay Bayimbetov

Ma'lumot o‘rnida: Azatbay Berdibayevich Bayimbetov - ushbu kunga qadar Nukus qurilish kasb-hunar kolleji direktorining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgandi.

 

Top